scientificsecretary@ajou.uz +998 91 1912425

“YALDO KECHASI” - TARIXIY ROMANNING YANGI KO'RINISHI

15.10.2026 Advanced Journal of University Science and Creative Innovations. Volume 2 Issue 4

Xo‘jamurodova Oydin Xo‘jamurod qizi

Abstract. Maqolada Xayriddin Sultonning 2025-yilda chop etilgan “Yaldo kechasi” romani zamonaviy o'zbek nasrida tarixiy roman janrining yangi ko'rinishini yaratgan asar sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot janr-tipologik va qiyosiy-tipologik tahlil metodlariga, shuningdek janr nazariyasining klassik (jumladan, D. Lukach kontseptsiyasi) va milliy adabiyotshunoslikdagi talqinlariga tayanadi; uchta badiiy-tipologik xususiyatni ajratish mezoni sifatida muallifning o'z ta'rifi, asar kompozitsiyasi va mavjud tanqidiy-ilmiy sharhlarning qiyosi olingan. Tahlil natijasida asarning uchta o'ziga xos jihati - adabiy mistifikatsiya orqali yaratilgan “davom romani” modeli, hujjatli va badiiy boshlanishlarning sintezi hamda uch avlod taqdiri orqali ifodalangan milliy xotira kontseptsiyasi - ajratib ko'rsatiladi. Shuningdek, asar yuzasidan yaqin vaqtda chop etilgan ilmiy maqolalar tahlili asosida romanning zamonaviy o'zbek adabiyotshunosligida qay tarzda o'rganilayotgani umumlashtiriladi.

Keywords: tarixiy roman, janr nazariyasi, tadqiqot metodologiyasi, adabiy mistifikatsiya, davom romani, hujjatli-badiiy sintez, milliy xotira, uch avlod obrazi, “Yaldo kechasi”, Xayriddin Sulton, “O'tkan kunlar”.