O‘ZBEK BADIIY MATNLARIDA FE’L KOMPONENTLI KOLLOKATSIYALARNING MORFOLOGIK PARADIGMASI VA LEKSIKOGRAFIK TALQINI
15.10.2026 Advanced Journal of University Science and Creative Innovations. Volume 2 Issue 4
Abstract. Maqolada o‘zbek badiiy matnlarida fe’l komponentli kollokatsiyalarning morfologik jihatdan turli shakllarda voqelanishi hamda mazkur shakliy tarqoqlikning korpus tahlili va leksikografik tavsifga ta’siri o‘rganilgan. Maqola materiali sakkiz adibga mansub o‘n bir to‘liq nasriy asardan tuzilgan, 610 707 tahliliy so‘z shakini qamrab olgan elektron korpusdan olindi. Apostrof shakllari birxillashtirilib, gap chegaralari ajratilgach, tayanch komponent va fe’l negizining bevosita qo‘shnichiligiga asoslangan o‘n ikki kollokatsion oila tekshirildi. Tekshirilgan oilalarda 1 195 qo‘llanish va 314 yuzaki shakl aniqlandi.
Keywords: kollokatsiya, xususiy birikuvchanlik, morfologik paradigma, fe’l komponenti, korpus tahlili, yuzaki shakl, lemma-oila, o‘zbek leksikografiyasi .