scientificsecretary@ajou.uz +998 91 1912425

HADIS DISKURSIDA XUSHMUOMALALIK STRATEGIYALARINING PRAGMATIK TAVSIFI

15.10.2026 Advanced Journal of University Science and Creative Innovations. Volume 2 Issue 4

Otaboyeva Mazmuna Raximovna

Abstract. Maqolada hadis diskursida xushmuomalalik strategiyalarining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari Brown va Levinsonning “yuz” (face) nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi hadis matnlarida bevosita (bald on-record), ijobiy xushmuomalalik, salbiy xushmuomalalik va bilvosita (off-record) strategiyalarning namoyon bo‘lish shakllarini aniqlash hamda ularning diniy-axloqiy kommunikatsiyadagi funksiyasini ochib berishdan iborat. Hadis diskursidagi xushmuomalalik diniy mazmunni yumshatish bilangina cheklanmay, adresatning qadr-qimmatini saqlash, ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash va axloqiy ta’sirni kuchaytiruvchi pragmatik mexanizm sifatida xizmat qilishi asoslandi.

Keywords: hadis diskursi, pragmalingvistika, xushmuomalalik strategiyasi, Brown va Levinson, “yuz” kategoriyasi, ijobiy xushmuomalalik, salbiy xushmuomalalik, bevosita strategiya, bilvosita strategiya, nutq akti.